Vazifani qanday tanlash va bajarish kerak?

Frilanserlarning dastlabki ish faoliyatidagi vazifalarni tanlash va bajarishdagi ko’rsatmalar

Topshiriqlar qanday koʻrinishda boʻlishi mumkin?

Buyurtmachi vazifani to‘g‘ri va aniq tushunishingizga qiziqadi. Shuning uchun u texnik topshiriqni shakllantiradi (qisqartirilgan TT deb ataladi), bu so‘rovning mohiyatini tushuntiradi. Ba‘zan buyurtma berishdan oldin siz qo‘ng‘iroq qilishingiz yoki mijozga shaxsiy uchrashuvni taklif qilishingiz mumkin. Masalan, ingliz tili o‘qituvchisi uchun buyurtmachi shunday deb yozadi:

“11-sinf o‘quvchisini 3 oy ichida ingliz tilidan imtihon topshirishga tayyorlantirish”. Buyurtmada buyurtmachi istagidagi soatlik xarajat, o‘quvchining umumiy tayyorgarligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Web-ishlab chiquvchiga turli talablar qo‘yiladi. Fotosuratchi yoki to‘y tashkilotchilariga yig‘ilishda hamma narsani og‘zaki tarzda aytib berish mumkin.

Ko‘pincha frilanser natija “kecha” kerak bo‘lganda qidiriladi, shuning uchun ko‘rsatilgan muddatlarga e’tibor berish kerak.

Resurslarni baholang

Siz ishonchingiz komil bo‘lmagan yirik loyihalar yoki murakkab buyurtmalarni qabul qilmang. Imkoniyatlarni oldindan baholashga harakat qiling. Misol uchun, agar vazifa sizda mavjud bo‘lmagan qo‘shimcha uskunalar yoki kuchlarni talab qilsa, bu natijaga qanday ta’sir qilishini o‘ylab ko‘ring.

Muddatlarga e’tiborli bo‘ling

Siz xohlagancha ko‘p topshiriqlarni olishingiz mumkin, lekin o‘z ishingizni o‘z vaqtida topshirishni unutmang – tirishqoq va topshiriq muddatiga amal qiladigan frilanserlar bozorda qadrlanadi. Muddatlarni ba’zan “dedlayn” deb atashadi bu 
– inglizcha “deadline” so‘zi bo‘lib, oxirgi sana degan ma’noni bildiradi.

Vaqtingizni rejalashtiring

Sizda boshliq va qat’iy ish jadvali bo‘lmaydi. Frilansing erkinlik beradi, lekin juda ko‘p ma’suliyat va o‘z-o‘zini tashkil qilishni talab qiladi. Hech narsani unutmaslik va ishingizni rejalashtirish uchun telefoningizdagi taqvim yoki shunchaki bloknotdan foydalaning. Ammo uxlash haqida unutmang.

Agar siz yangi boshlovchi bo‘lsangiz, mijoz bazasi va portfolioni rivojlantirish, ijobiy fikr-mulohazalarni to’plash muhimdir. Avvaliga tajribangiz yo‘qligi sababli rad etilishingiz mumkin, ammo taslim bo‘lmang.

Facebook
Telegram
Email

Shuningdek o'qing