Toshkent davlat yuridik universitetida o‘tkazilgan navbatdagi «Frilanserlik – bu kelajak kasbi» forumi bo‘lib o‘tdi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi huzuridagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi tomonidan yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish hamda ularga qo‘shimcha daromad manbaalarini topishga ko‘maklashish maqsadida, joriy yilning 13 sentyabrida Toshkent davlat yuridik universitetida “Frilanserlik – bu kelajak kasbi” mavzusida forum tashkillashtirildi.

Ushbu forumda nafaqat Toshkent Davlat Yuridik Universiteti talabalari, balki AKT yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar, Toshkent shahridagi izlanuvchan yoshlarning ham ishtirok etishi taʼminlandi.
Shuningdek, forumga dunyo miqyosidagi Upwork, TopTal kabi frilans platformalarida Top rated reytingiga ega bo‘lgan dasturchilar jalb qilinib, oliy taʼlim muassasalari talabalariga ushbu saytlarda va boshqa ko‘plab xorijiy platformalarda ishlab daromad topish bo‘yicha keng qamrovli mahorat darslari tashkillashtirildi.

Forumning yakuniy qismida Toshkent davlat yuridik universiteti bilan xamkorlikda, yoshlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida, tasodifiy sonlar generatori orqali “Omadli ishtirokchilar” o‘yini tashkillashtirildi hamda omadli ishtirokchilarga qimmatbaho sovg‘alar ulashildi.

Facebook
Telegram
Email

Shuningdek o'qing