Qanday qilib rasmiy frilanser bo‘lish mumkin?

O’zini-o‘zi band qilish tartibi va o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar uchun o’rnatilgan soliq tartiblari

O‘zini-o‘zi band qilgan shaxs maqomini olish
Davlat soliq qo‘mitasiga shaxsan borgan holda, “SoliqUz” mobil ilovasi yoki YaIDXP (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali onlayn tarzda ariza topshirishlari mumkin. O‘z-o‘zini band qilgan shaxslar to‘g‘risidagi barcha ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.12.2020 yildagi 806-son qarorida to‘liq tanishib chiqishingiz mumkin.

O‘zini o‘zi band qilganlar yakka tartibdagi tadbirkorlar singari buxgalteriya hisobini yuritish, hisobot yuborish yoki soliq deklaratsiyasini topshirishlari shart emas. Daromad va xarajatlarni ixtiyoriy ravishda SoliqUz ilovasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borishlari mumkin.

Soliqlarni qanday to‘lash kerak?

Frilanser o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs maqomini olish uchun ariza berishi mumkin va har yili BHM (bazaviy hisoblash miqdori)ning 1 barobari miqdorida frilanserning o‘zi ijtimoiy soliq to‘lab boradi. E’tibor bering bu jismoniy shaxslarga solinadigan daromad solig‘i emas. O‘zini-o‘zi band qilgan shaxs maqomi sizga banklardan kredit olish hamda keksalik davri uchun nafaqa olish imkoniyatlarini beradi.

Daromad solig‘i yoki boshqa yig‘imlar yo‘q. Bir yilda BHMning 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lash kifoya.

Facebook
Telegram
Email

Shuningdek o'qing