Qanday qilib noldan dasturchi bo’lish mumkin?

Dasturchining vazifasi – ma’lum hayotiy muammolarni hal qilish uchun raqamli mahsulot va xizmatlar yaratish.

1. Maqsadlarni aniqlang

Odatda dasturchilarning uchta asosiy turga bo’linadi:

1) Dastur sihlab chiquvchi – amaliy dasturlash bilan shug’ullanuvchilardan biri. Noutbuk, planshet va telefonlardagi barcha o’yinlar va xizmatlar ushbu profilning dasturchilari tomonidan yaratilgan.

2) Veb-dasturchi – yuqori sifatli va funktsional saytlarni yaratadigan kasb egalaridir.

Veb-ishlab chiquvchilar o’z navbatida uch toifaga bo’linadi:

frontend

backend

ko’p profillik (ya’ni ikkita mutaxassislikni birlashtirganlar).

Dasturchilarning barcha turlari an’anaviy ravishda 3 ta professionallik darajasiga bo’linadi:

– Junior

– Middle

– Senior

2. Qobiliyatingizni baholang

Birinchidan, siz nafaqat ma’lum bir dasturlash tillarini o’rganishga va kerakli ko’nikmalarni egallashga, balki doimo izlanadigan mutaxassis bo’lib qolish uchun o’z mahoratingizni oshirishga tayyormisiz?
Ikkinchidan, dasturlash sohasida juda muhim bo’lgan o’z-o’zini o’rgatishga qodirmisiz?
Uchinchidan, sizda dasturchi sifatida ishlash uchun zarur bo’lgan ko’nikmalar – tahliliy fikrlash, jamoaviy ish, tashkilotchilik mahorati, tafsilotlarga e’tibor, pedantlik, qat’iyatlilik va eng asosiysi katta sabr-toqat zaxirasi bormi?

Agar bu savollarga javoblar sizni bezovta qilmasa, davom eting!

3. Dasturlash tilini va yo’nalishingizni tanlang

Masalan, dastur ishlab chiquvchisi yuqori darajali tillarni (ya’ni C++, Python, Java va boshqalarni) bilishi kerak. Tizim dasturchisi past (Assembler), o’rta (C), va yuqori (C++, Python) darajalarini bilishi kerak. Eng muhimi, bir vaqtning o’zida bir nechtasini o’zlashtirishdir.

4. O’quv kurslarini boshlang

Bugungi kunda juda ko’p onlayn platformalar sizni qiziqishingizga mos keladigan dasturlash kurslarini o’rganishni taklif qiladi. Platformalar orasidagi eng mashhurlari:

  • Netologiya kurslari – bu yerda frontend, veb-ishlab chiqish, Android, Python va boshqa sohalarda tahsil olishingiz mumkin.
  • Skillbox – eng mashhur onlayn universitet. Skillbox ham nazariy, ham amaliy qismlarni taklif etadi va kurs oxirida sizni qo’lingizda portfolio bo’ladi.
  • Geekbrains – keng ko’lamli IT mutaxassislik yo’nalsihlarini taklif etyotgan onlayn universitet. Geekbrains o’z talabalariga yirik hamkor kompaniyalarda stajirovka o’tashni, shuningdek, ish bilan ta’minlashda yordam berishni va’da qiladi.
  • Coursera – dunyoning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik qiluvchi platforma. Bu yerda siz katta hajmdagi dasturlash kurslarini topishingiz mumkin lekin ko’pchilik darsla ingliz tilida olib boriladi.
  • Codeacademy – ta’lim olish uchun mukammal ingliz tili darajasi kerak bo’ladi.

Bu siz mashg’ulotlar uchun tanlashingiz mumkin bo’lgan platformalarning kichik qismi. Yana turli ko’plab platformalar mavjud.

Facebook
Telegram
Email

Shuningdek o'qing