Payoneer to‘lov tizimida ro‘yxatdan o‘tish

1. Payoneer saytiga payoneer.com orqali kirgandan so‘ng, bosh sahifada Get Started (boshlash) tanlanadi.

2. Кeyingi sahifada platformada kim bo‘lib ish yuritmoqchi ekanligimizdan kelib chiqib kerakli akkaunt turi tanladi.

3. 3-sahifada Get paid by international clients or freelance marketplaces (Xalqaro mijozlar va frilans maydonlaridan pul olish) ni tanlaymiz.

4. Oylik pul aylanmasi hajmini tanlab akkaunt ochamiz.

5. Yuqoridagi kriterialarni belgilagandan so‘ng akkaunt turi tanlanib ro‘yxatdan o‘tish sahifasi ochiladi. Shuningdek ushbu sahifada akkauntning imkoniyatlari haqida ham ma‘lumot beriladi.

6. Register (Ro‘yxatdan o‘tish) tugmasini bosgandan so‘ng ma’lumotlar to‘ldirish oynasi ochiladi va so‘ralgan ma’lumotlar kiritiladi.

7. Boshlang‘ich ma’lumotlar kiritilib bog‘lanish ma’lumotlari kiritiladi, ko‘rsatilgan raqamga kod yuborish so‘raladi va kelgan kod kiritiladi.

8. Keyingi sahifada xavfsizlik ma’lumotlari – elektron pochta manzili, parol, pasport ma’lumotlari va rasmda ko‘rsatilgan belgilar kiritib o‘tiladi.

9. Keyingi bosqichda bank hisob raqami pul birligi, bank nomi, hisob raqami va bank SWIFT kod kiritiladi.

10. Bank SWIFT kodini theswiftcodes.com sayti orqali yoki bankdan olish mumkin.

11. Davlat, bank va shahar tanlanganda SWIFT kodi avtomatik tarzda ko‘rsatiladi.

SWIFT (Society for Worldwide Interbank Financial Telecommunications) – “Jahon bo‘ylab banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar jamiyati”, bu turli mamlakat bank muassasalari orasida ma‘lumotlarni uzatish va to‘lovlarni qayta ishlash jarayonini birlashtirish uchun mo‘ljallangan xalqaro shartnomalar va qoidalar tizimi.

12. Keyingi bosqichda ma’lumotlar qabul qilingach ko‘rsatib o‘tilgan e-mailga ro‘yxatdan o‘tishni tasdiqlash xabari yuboriladi.

13. Avval sizning ro‘yxatdan o‘tish uchun yuborgan so‘rovingiz qabul qilingani va u 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqilib faollashtirilishi haqida ma’lumot olamiz.

14. Keyin e-mail manzilni tasdiqlash xabari tasdiqlash xabarini olasiz va pochta manzilingizni tasdiqlash tugmasini bosamiz.

15. Pochta manzilimiz tasdiqlagani haqida ma’lumot olamiz.

16. Ro‘yhatdan o‘tish jarayoni yakunlangach bosh sahifadan Sign In (Kirish) tugmasi orqali akkauntimizga kiramiz va kirish jarayonida ikki qadamli tekshirish jarayonidan o‘tamiz.

17. Buning uchun avval kiritilgan raqamga vaqtinchalik kod keladi, uni kiritamiz va Submit (Tasdiqlash) ni tanlaymiz.

18. Shundan so‘ng akkaunt sahifasi ochiladi. U yerda biz avtomatik tarzda ochilgan 3 xil valyutadagi hisoblarni ko‘rishimiz mumkin.
Facebook
Telegram
Email

Shuningdek o'qing