Payoneer kartadan pul yechib olish

PayPal va Payoneer to‘lov tizimlari asosiy frilans platformalar UpWork hamda Fiverr uchun ham amal qiladi. Lekin, O‘zbekistonda PayPal faoliyat yuritmasligi sababli, frilanserlar Payoneer to‘lov tizimidagi Mastercard plastik kartalaridan foydalanishadi. Ushbu kartani buyurtma qilish va O‘zbekistonga yetkazib berish bepul. Payoneer to‘lov tizimi 200 dan ortiq davlatlarda 80 dan ortiq valyut bilan ishlaydi. O’zbekiston uchun faqat yevro va AQSh dollari valyutalari amal qiladi.

Payoneer to‘lov tizimidagi komissiyalar:

  • To‘lov tizimidagi pul o‘zaro o‘tkazmalar bepul;
  • 2% gacha chet el valyutasini mahalliy valyutaga ayirboshlashda;
  • 2% gacha Payoneer hisobidan boshqa bank hisob raqamiga o‘tkazganda;
  • 3,5% plastik kartadagi pulni naqdlashda (qo‘shimcha ravishda O‘zbekistondagi bankomatdardagi foiz ham mavjud, jumladan: Ipak yuli va Asaka banklarda 1,5%);
  • Yil davomida tizimda bir marotaba ham tranzaksiya amalga oshirilmagan bo‘lsa 29,95 AQSH dollar yechib olinadi.
Facebook
Telegram
Email

Shuningdek o'qing