O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun imtiyozlar davom etmoqda

O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar olishi mumkin. Ushbu dastur doirasida kreditlar Agrobank, Mikrokreditbank, Xalqbanki tomonidan ajratiladi.

Kreditning asosiy shartlari:

  • Summasi:

– ta’minotsiz BHMning 150 barobarigacha, ya’ni 36 750 000 so‘mgacha;

– ta’minot bilan BHMning 1000 barobarigacha, ya’ni 245 000 000 so‘mgacha (bunda, bankdan hisobraqam ochish zarur);

  • Muddati: 3 yil, 6 oy imtiyozli davr bilan

       5 yil, 2 yil imtiyozli davr bilan

  • Foizi: 14%

“Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida www.oilakredit.uz sayti orqali kredit uchun ariza topshirishingiz, o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga yana ham to‘liq javob olishingiz mumkin.

Zarur hujjatlar:

  • Ariza;
  • Pasport nusxasi;
  • Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektor rahbari tavsiyanomasi;
  • Tuman oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazi xulosasi;
  • Mahsulot yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnoma.

Bundan tashqari o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay shartlardagi avtokreditlar ham ajratiladi. Bugungi kunga kelib, ikkita bank o‘zini o‘zi band qilganlar toifasi uchun maxsus kreditlar taklif qilmoqda. Bular Tenge Bank va Asia Alliance Bank. Ushbu ikkita bank o‘zini o‘zi band qilganlar uchun maxsus avtokredit mahsulotini joriy etdi.

Tenge Bank o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun quyidagi shartlarda avtokredit taklif etmoqda:

1. Birlamchi bozor uchun:

  • Maksimal miqdori – 250 million so‘m
  • Boshlang‘ich to’lov – kamida 50%
  • Kredit muddati – 4 yilgacha
  • Foiz stavkasi – yillik 26,9%.

Bonus sifatida avtomobil sug’urtasi bepul taqdim etiladi.

2. Ikkilamchi bozor uchun:

  • Maksimal miqdori – 250 million so‘m
  • Boshlang‘ich to’lov – kamida 50%
  • Kredit muddati – 3 yilgacha
  • Foiz stavkasi – yillik 26,9%.

Asia Alliance Bank avtokreditni quyidagi shartlarda taqdim etmoqda:

1. KIA avtomobillarini sotib olish uchun:

Boshlang‘ich to‘lov kamida 50% bo‘lganda:

  • 12 oygacha – yillik 8,5%
  • 24 oygacha – yillik 19,5%
  • 36 oygacha – yillik 22,8%.

Boshlang‘ich to‘lov kamida 70% bo‘lganda:

  • 12 oygacha – yillik 0,5%
  • 24 oygacha – yillik 14%
  • 36 oygacha – yillik 19%.

2. Lada va Renault avtomobillarini sotib olish uchun:

Boshlang‘ich to‘lov kamida 50% bo‘lganda:

  • 12 oygacha – yillik 9%
  • 24 oygacha – yillik 20%
  • 36 oygacha – yillik 24%.

Boshlang‘ich to‘lov kamida 70% bo‘lganda:

  • 12 oygacha – yillik 2%
  • 24 oygacha – yillik 14%
  • 36 oygacha – yillik 19%.
Facebook
Telegram
Email

Shuningdek o'qing