Muvaffaqiyatga erishgan frilanser Fotimabonu tomonidan foydali maslahat va layfhaklar ro‘yxati

1. Doimiy qat’iylik bu muvaffaqiyat kaliti. Ishlarga ariza berishda davom eting va profilingizni yangilab turing.

2. Muvaffaqiyatli faoliyatingiz tarixini barbod qilmaslik uchun mijozlar tarixini har doim tekshirib boring.

3. Kam harakat talab etadigan qimmat narxdagi ishlarga topshirmang. Ular firibgarlardir.

4. Sizning taklifingiz mijozning topshirig‘iga qanday yondashishingizni o‘z ichiga olganligiga ishonch hosil qiling. Sizning ismingiz, tajribangiz va boshqalarni mijozning o‘zi profilingiz orqali ko‘rishi mumkin, ularga ehtiyoj yo‘q. Ko‘pincha mijozlar sizning ishni qanday bajarishingiz, natijalaringiz va portfolioyingiz bilan qiziqishadi.

5. O‘zingiz xohlagan narxni taklif qilishdan tortinmang, ba’zi mijozlar muzokaralar uchun ochiq. Vaqtingiz va kuchingizni kam baholamang.

6. Mijozlaringizda sizning yakuniy natijalaringiz nima bo‘lishini bilishlariga ishonch hosil qildiring.

7. Vaqtni to‘g‘ri boshqarish va fidoyilik mahoratingizni oshirishga va uzoq muddatli mijozlar bilan ishlashga yordam beradi.

8. Muloqot qilib turish muhim ahamiyatga ega. Agar siz qiynalayotgan bo‘lsangiz yoki kutilmagan holatlarga duch kelsangiz, mijozlarga oldindan xabar berishni unutmang.

9. Uzoq muddatli shartnomalar sizning diqqat markazingizda bo‘lishi kerak. Sizning mijozingiz sizning nomzodingizni ko‘rib chiqishdan mamnun ekanligiga ishonch hosil qiling.

Facebook
Telegram
Email

Shuningdek o'qing