MFaktor va RITM hamkorligida «Frilanserlik orqali mijoz va daromad topish» mavzusida tadbir tashkil etildi.

15-noyabr kuni Toshkent shahridagi MFaktor biznesni rivojlantirish agentligida Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi va MFaktor hamkorligida «Frilanserlik orqali mijoz va daromad topish» mavzusida ushbu kasbni egallashga qiziqqan yoshlar ishtirokidagi tabdir bo’lib o’tdi.

Takidlab o’tish joizki, ushbu tadbir talabalarning ilg’or tajribaga ega bo’lishlariga ko’mak sifatida bepul tashkil etildi. Unda qatnasish uchun 900dan ortiq yoshlar qiziqish bildirishdi. Ulardan faqat 65tasi tanlov asosida tadbirda qatnashishga muvaffaq bo’lishdi.

Tadbir davomida bosh spiker Dizipro» o’quv markazi asoschisi, 3DMax ustasi va muvaffaqiyatli IT tadbirkor Abdusattor Abdurahimov o’zining boy tajribasi va mahorati bilan ulashdi. Xususan, u hozirgi davrda frilanserlarga kerak bo’ladigan bilim va ko’nikmalar haqida qisqacha to’xtalib o’tdi.

Facebook
Telegram
Email

Shuningdek o'qing