IT kurs sertifaktga ega bo‘ling va 50 foizgacha mablag‘ingizni qaytarib oling

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 310-son qaroriga asosan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xalqaro IT-sertifikat olish uchun sarflagan xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini kompensatsiya asosida qaytarib olishlari mumkin.

«O‘zbekiston IT iste’dodlari» portali O’zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan IT Park bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasida IT sohasidagi iqtidorli yoshlar haqida ma’lumotlarni birlashtirish maqsadida yaratilgan.

Xalqaro darajadagi IT kurslarda tahsil olib sertifikat egalariga aylaning. IT kurslarda tahsil olib tugatgach sertifikatni qo‘lga kiritgandan so‘ng sizni yoshingiz 14 dan 30 gachani tashkil etsa «it-istedod.uz» portali orqali kurs uchun ketgazgan pul mablag‘larining 50 foizgacha bo‘lgan miqdorini qaytarib olish imkoniyatiga egasiz.

Bunda sizdan quyidagilar talab etiladi:

  • portalda ro‘yxatdan o‘tish;
  • it-istedod.uz portali orqali ariza topshirish (ariza 5 ish kunidan 30 kalendar ish kunigacha ko‘rib chiqiladi);
  • ariza beruvchi 16 yoshga yetmagan bo‘lsa ota-ona/vasiyning ma’lumotlari.

Talab etiladigan xujjatlar:

  • Shaxsingizni tasdiqlovchi xujjat
  • Xarajatlar kvitansiyasi
  • IT-sertifikat nusxasi

Kompensatsiya qilinadigan sertifikatlar ro‘yxatini bu yerdan olishingiz mumkin. Batafsil ma’lumot: it-istedod.uz saytida.

Facebook
Telegram
Email

Shuningdek o'qing