“G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti“da Frilanserlik – bu kelajak kasbi” mavzusidagi forum tashkil etildi.

Joriy yilning 9-noyabr kuni navbatdagi “Frilanserlik – bu kelajak kasbi” mavzusidagi forum “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi, “G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti”ning Toshkent shahridagi filiali bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Mamlakatimizning yetakchi Frilanserlari tomonidan qanday qilib frilanserlik platformalarida ro’yxatdan o’tish va birinchi buyurtmani olish bo’yicha nazariy va amaliy mashg’ulotlar o‘tkazildi.

Yakunda, an’anaga muvofiq qiziqarli o’yin tashkil etilib, omadli talabalarga estalik sovg’alar topshirildi.

Bizni kuzatib boring va yangi ko’nikmalarni rivojlantirish imkoniyatini qo’ldan boy bermang!

Facebook
Telegram
Email

Shuningdek o'qing