“Frilanserlik – bu kelajak kasbi” mavzusida Samarqandda forum tashkil etildi

Joriy yilning 25-oktabr kuni navbatdagi “Frilanserlik – bu kelajak kasbi” mavzusidagi forum “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi, «Toshkent axborot texnologiyalari universiteti»ning Samarqand filiali bilan hamkorlikda Samarqand shaxrining «Yoshlar markazi» binosida tashkil etildi.

Forumga xoxish istak bildirib kelganlarning soni qarib 550 kishidan oshdi!

Mamlakatimizning yetakchi Frilanserlari tomonidan qanday qilib frilanserlik platformalarida ro’yxatdan o’tish va birinchi buyurtmani olish bo’yicha nazariy va amaliy mashg’ulotlar o‘tkazildi.

Qolaversa, Lerna kompaniyasining strategik rivojlanish direktori Vladimir Litvinovich juda boy tajribalarini yoshlar bilan baham ko’rdilar.

Yakunda, an’anaga muvofiq qiziqarli o’yin tashkil etilib, omadli talabalarga estalik sovg’alar topshirildi.

Facebook
Telegram
Email

Shuningdek o'qing