“Frilanserlik – bu kelajak kasbi” forumi Astrum IT akademiyasida tashkil etildi.

Joriy yilning 6-oktabr kuni navbatdagi “Frilanserlik – bu kelajak kasbi” mavzusida forum “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi tomonidan Astrum IT akademiyasida tashkil etildi.

Forumda Mamlakatimizning yetakchi Frilanserlari tomonidan qanday qilib frilanserlik platformalarida ro’yxatdan o’tish va birinchi buyurtmani olish bo’yicha nazariy va amaliy mashg’ulotlar o‘tkazildi.

Yakunda, an’anaga muvofiq qiziqarli o’yin tashkil etilib, omadli talabalarga estalik sovg’alar topshirildi.

Facebook
Telegram
Email

Shuningdek o'qing