Frilanserlar uchun eng yaxshi 10 ta layfhak: muvaffaqiyatli free-biznes strategiyasi

Frilanserning hayoti faqat birinchi qarashda oson va beparvo ko‘rinadi. Har kuni u «ishlash va uxlamaslik», «ishlash va ijtimoiy tarmoqlarga chalg’imaslik», «ishlash va mushukni e’tiborsiz qoldirish»kabi qiyin vazifalarni hal qilishi kerak. Freelansing juda ko’p erkinlik berganidan uni suiiste’mol qilging keladi. Agar siz frilanser bo’lsangiz, qanday qilib ish va dam olishni tashkil qilish bo’yicha o’nta foydali layfhaklarni baham ko’ramiz.

1. Vaqtni to’g’ri taqsimlang

Ortiqchadek tuyilishi mumkin, ammo vaqtni ish va dam olish uchun to‘g‘ri ajratish kerak. Kimgadir ikki kun ish va ikki kun dam kuni to’g’ri keladi.Kimdir bir kun ichida ish va dam olishni birlashtiradi. Umumiy qabul qilingan standartlarga e’tibor qaratmang. Rejimingizni tuzing va unga amal qiling.

2. Kiymingizni almashtiring

Asosiy ish rejimga tushib olishingiz va beqaqrorlikdan chiqish uchun kiyimingizni almashtiring. Uydagi kiyimdan halos bo’lib chiroyli kiyimlaringizni kiyib ishlash sizga elegantlik va viqor taqdim etib ish faoliyatingizga albatta o’z ijobiy ta’srini ko’rsatadi. Bu ish darajangizni o’sishiga hamda yaxshi kayfiyat bag’ishlaydi.

3. Ish jarayoni uchun aksesuarlarni qo’llang

Ish krujkasi, ish daftarchasi, ish ruchkasi – o’zingiz bilan faqat ish bilan bog’liq bo’lgan ishchi aksessuarlar to’plamini oling. Ish daftariga faqat ish ishlarni yozing, ishdan tashqari ish krujkasidan foydalanmang. Vaqt o’tishi bilan bu narsalar sizning ajralmas qismingizga aylanadi va ularning qaysi biridir sizni to’g’ri yo’lga boshlaydi.

4. Dekoratsiyalarni o’zgartiring

Ish kuni (kechqurun yoki kechasi) tugagandan so’ng, uyingizdagi manzarani o’zgartiring. Chiroqlarni yanada qulayroq yoriqlik beradigan joyga o’tkazing. Noutbukni qayta joylashtiring yoki planshetga o’ting. Hidli tutatqi tayog’ini yoki shamni yoqing. Kiyimingizni o’zgartiring, boshqa joyga o’tib o’tiring va yaxshi film bilan birga dam oling.

5. «Portlashdan» tuzalish

Agar ishingiz haddan ziyod ko’payib ketib frilanserlikni tark etishni va odatiy davlat ishiga joylashmoqchi bo’lsangiz, o’zingiz uchun rejadan tashqari hordiq tashkillashtiring. Buyurtmachilarga «xizmat doiradan tashqarida» ekanligingizni habar berib qo’yib, uyqi degan «bonus» dan foydalaning, haridlarni amalga oshiring yoki sevimli kitobingiz bilan vaqtingizni o’tkazing. Va nihoyat siz dam olsangiz Yer sayyorasi o’z o’qidan chiqib ketmaydi.

6. Bulutli xizmatlardan foydalaning

Barcha tayyor ishlarni bulutli ma’lumotlar omboriga «to’ldiring». Birinchidan, siz dunyoning istalgan nuqtasida istalgan qurilmadan loyihalarga kirishingiz mumkin. Ikkinchidan, noutbuk o’g’irlangan, yo’qolgan yoki buzilgan taqdirda siz ma’lumotlarning yo’qolishidan shu tarzda sug’urtalangansiz.

7. Fitnes bilan shug’ullaning

Jismoniy harakatsizlik – frilanserlarning «kasalligi». Orada badanrarbiya qilish uchun ishni to’xtating. Barcha mushak guruhlarini tonuslash uchun mashqlarning mini-komplekslarini internetda osongina topish mumkin.

8. Shaxsiy muammolaringizni o’zingizda qoldiring

Mijoz bilan shaxsiy muammolarni muhokama qilish – ular bilan munosabatlarni uzishning eng yaxshi usuli. Kasbiy etika «mushukcham shamollab qoldi», «buvim kasal» yoki «oshqozon og’rig’i» kabi munozaralarga yo’l qo’ymaydi. Mijozni qiziqtiradigan narsa-bu sizning professionalligingiz. Qolganlarini o’zingiz bilan saqlang.

9. Mustaqil ta’limga intiling

O’z-o’zini tarbiyalashsiz siz muvaffaqiyatli mutaxassis bo’lmaysiz. Bu buyurtma «keraksiz» (mijozlar yetarli!) deb o’tkazib yuborish vasvasasi qanchalik katta bo’lmasin unga berilmang. Har qanday sohada o’rganish uchun juda ko’p narsa bor. Har doim rivojlanish uchun sabab bor.

10. Mablag’ orttiring

Frilanserning daromadi beqaror. Muntazam ravishda pulni tejash orqali o’zingizni barqaror tuting. Aqlli odamlar daromadning o’rtacha 10 foizini tejashadi va shu bilan o’zlarini ishonchli moliyaviy yostiq bilan ta’minlaydilar.

Facebook
Telegram
Email

Shuningdek o'qing