Frilanserlar uchun eng jozibali mamlakatlar

Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 1,1 milliard frilanser mavjud bo’lib, bu umumiy ish bilan ta’minlangan odamlarning taxminan 35 foizini tashkil qiladi. Yangi iqtisodiyotda ushbu toifadagi ishchilar tashkilotlar uchun tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Britaniyaning Tide fintech kompaniyasi frilanserlar va raqamli ko‘chmanchilar uchun mamlakatlar jozibadorligi reytingini e’lon qildi va bunga ta’sir etuvchi omillarni ham eslatib o‘tdi. Ushbu ro’yxatda Rossiya birinchi o’rinni egalladi.

Koronavirus sabab bo’lgan hozirgi holatlar muvozanatni yanada buzganga o’xshaydi. Inqiroz davrida moslashuvchanlik va chaqqonlik juda muhimdir. Frilanserlar uchun mo’ljallangan AQShning UpWork platformasi ma’lumotlariga ko’ra, 2020-yilda frilanserlar AQSh iqtisodiyotiga 1,2 milliard AQSh dollari olib kelishgan. Bu 2019-yil holatiga solishtirganda 22 foizga ko’p. Ommaviy ishdan bo’shatish va tashkilotlarning raqamli transformatsiyani tezlashtirishga intilishi sharoitida hatto frilanserlarning xizmatlari cheklangan vaqt davomida talab qilinsa ham, biznes uchun juda muhim bo’lib qoldi.

Freelancerlarning asosiy afzalligi – bu ishonchli Internet mavjud bo’lgan har qanday joydan ishlash qobiliyatidir. Britaniyaning Tide kompaniyasi tomonidan olib borilgan yangi tadqiqotga ko’ra, frilanserlar bilan ishlash uchun eng kerakli mamlakatlar ro’yxatini Singapur boshqaradi. AQSh va Buyuk Britaniya 12 va 13 o’rinlarni egallab turgan bir vaqtda Yangi Zelandiya, Ispaniya, Avstraliya va Daniya qolgan beshta eng qulay yo’nalishdir.

Rossiya umumiy reytingda 25-oʻrinni egalasa ham sifatliroq va arzon internetga ega mamlakatlar orasida yetakchi o’rinni egallaydi.

«Frilans butun dunyoda tobora keng tarqalib bormoqda, chunki odamlar ko’proq moslashuvchanlik va ish hayotini nazorat qilishni xohlashadi», deb tushuntiradi Tide rahbari Sara Penni. «Shunday qilib, Singapur keng polosali ulanish tezligi sekundiga 256 megabitni hisobga olgan holda birinchi raqamli tanlovga aylangani ajablanarli emas (Internet tezligi bo’yicha ikkinchi o’rinda sekundiga 215 megabit bilan Shveytsariya egallagan).»

«Bundan tashqari, mamlakatda ko’plab kovorking joylari mavjud, bu uning startaplar uchun jozibadorligi bilan bog’liq»,-deya qo’shimcha qildi Penni, biznesni qo’llab — quvvatlovchi taniqli ekotizim va venchur kapitalidan foydalanish — bularning barchasi innovatsiyalarni rag’batlantirish va odamlarni kompaniyalarni yaratishga undashga qaratilgan.

Pennining so’zlariga ko’ra, ikkinchi o’rinni egallagan yangi Zelandiya pandemiya vaqtida odamlarning hayot sifati va mamlakat hukumati COVID-19 ga qanday munosabatda bo’lganligi bilan o’lchanadigan umumiy baxt darajasi bo’yicha yuqori baholarga ega bo’ldi.

Xuddi shunga oʻxshab, Ispaniya «global gender haqdagi farq indeksining yuqori natijalari» tufayli tadqiqotda uchinchi oʻrinni egalladi. Avstraliya esa kovorking maydonlar soni uchun maqtovga sazovor boʻldi. Bundan tashqari, ushbu mamlakatda ishchilarning ishonchli huquqiy himoyasi mavjud.

Tide roʻyxatida beshinchi boʻlgan Daniya mamlakat boʻylab mobil va keng polosali aloqa bilan qamrab olishni taʼminlashga qaratilgan bir nechta siyosat tashabbuslarini amalga oshirmoqda. Penni – «Daniya tashkilotlari  raqamli texnologiyalardan foydalanish uchun shart-sharoit yaratish orqali mamlakatni raqamli texnologiyalar boʻyicha yetakchi qilish boʻyicha ish olib bormoqda» deya qoʻshimcha qildi.

Facebook
Telegram
Email

Shuningdek o'qing