Frilansda ishlash uchun nimalar kerak?

Frilanser sifatida faoliyat olib borishda ahamiyat berish kerak bo’lgan muhim jihatlar

Ishlash uchun nima kerak?

Frilanser ish asboblarini o‘zi sotib oladi. Siz kafedan, ijaraga olingan ofisdan, uyda yoki plyajda ishlashingiz mumkin. Agar vazifani bajarish uchun buyurtmachi bilan uchrashish kerak bo‘lsa, odatda frilanser yo‘l xarajatlarini o‘zi to‘laydi. Masalan, repetitorlar uyda tayyorgarlik ko‘rishlari va qahvaxonalarda talabalar bilan uchrashishlari mumkin. Minimal talab – Internetga ulangan kompyuter yoki mobil telefon bo‘lishi.

O‘z bilim va ko‘nikmalaringizdan foydalaning

Siz sevimli mashg‘ulotingizdan pul ishlab frilanser bo‘lishingiz mumkin. O‘zingizga yoqadigan va amalga oshayotgan ish bilan mashg‘ul bo‘lishga harakat qiling, ana shunda – u pul keltiradigan sevimli ishga aylanadi.

Maqsadli auditoriyangiz bilan profil saytlarini toping

Asosiy ishingizni tashlab, frilanserlikka o‘tishdan oldin bozorni o‘rganing. Tegishli buyurtmalar bilan saytlar yoki xizmatlarni toping.

O‘z obro‘ingiz uchun ishlang

Vaqtingizni o‘zingiz tashkil qilasiz va bevosita mijozlar bilan ishlaysiz, shuning uchun biznes muvaffaqiyati faqat o‘zingizga bog‘liq.

Facebook
Telegram
Email

Shuningdek o'qing