Frilansda ish topish

Frilanslerlik faoliyatini boshlashda ish topish bo’yicha tavsiyalar

Buyurtmachini qanday qilib topish mumkin?

Buyurtmachini topishda frilanser oʻzining maqsadli auditoriyasini aniqlab olishi kerak. Bular maktab oʻquvchilarining ota-onalari, biznes egalari, uy bekalari va boshqalar boʻlishi mumkin. Ular ijrochilarni turli joylardan qidiradilar lekin umumiy platformalardan boʻlgan – upwork.com, fiverr.ru, kwork.ru va turli xil platformalar mavjud.

Topshiriqni saytdan olish

“Frilanser topish” yoki aniq soha “buxgalter topish” soʻzi bilan maxsus saytlar (ba’zan “birja” deb nomlanadi) dagi soʻrov orqali buyurtmalarni topish va tanlash mumkin. Buyurtmachi buyurtmasini tanlagan ijrochilarni oʻz hohishiga koʻra saralab oladi. Aynan sizni ijrochi sifatida buyurtmachi tanlashi uchun sizning reytingingiz baland va ijobiy izohlarga boy boʻlishi kerak. Bularga erishish va mijozlarning ishonchini qozonish uchun biroz vaqt talab qilinadi. Buning uchun siz o’z ijod va intilishingizdan to’xtamasligingiz kerak.

Reklama berish

Internetda kontekstli reklamani ishga tushirishingiz mumkin. Ishingizning namunalari va ma’lumotlaringiz bilan kichik promo-sahifani yarating va mijozlar shu reklama orqali aynan sizning sahifangizga yoʻl oladi.

Facebook
Telegram
Email

Shuningdek o'qing