Frilansda buyurtma olish uchun 7 maslahat

Ko’p yillik tajribaga ega bo’lgan mutaxassislar frilansingda qanday qilib pul ishlashni va bu uchun nima kerakligini bilishadi. Agar siz yaqinda ushbu ish formatiga o’tgan bo’lsangiz, unda albatta frilans birjada buyurtma olishni, qanday nyuanslarga e’tibor berishingiz kerakligini bilish foydali bo’ladi.

Jarayonni mijozning ko’zi bilan ko’rib chiqish imkoniyati, sizga javob berishda boshlang’ich xatolardan qochishga yordam beradi. Potentsial mijoz har doim xatti-harakatlarga, muloqotning etarliligiga, savollarga javob berish tezligiga va umuman qiziqishga qaraydi. Buyurtmani qabul qilishdan oldin, obro’ingizni yo’qotmaslik muhim hisoblanadi. Hammasi astalik bilan boshlanadi.

Telegramda qanday qilib frilans buyurtmalarni izlash mumkin?

Veb-saytni ishlab chiqish, dizayn, SMM, reklama, kopirayting va shunga o’xshash vazifalarni bajarish uchun tlegramda buyurtmachi va ijrochilarni topish mumkin bo’lgan chatlar mavjud. Bunga misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin:

https://t.me/teletoloka

https://t.me/pomogatorbezlimit

https://t.me/pomogatorbezlimit

Bular birja emas, bu yerda ro’yxatdan o’tish va reyting ham shart emas. Shuning uchun ham bu yerda buyurtma olishni istaganlar soni ko’plab topiladi. Mijoz uchun shiddatli kurash olib borilishini narxlarni tushishi, ijro etishning qisqa shartlari, to’lov variantlari, bonuslar va boshqa ko’p narsalar orqali o’zini namoyon qiladi. Qanday qilib o’zingiz istagan buyurtmani yutib chiqish mumkinligi bo’yicha quyidagi ko’rsatmalar orqali bilib olishingiz mumkin.

1. Iloji boricha tezroq javob bering

Frilanserlardan biri buyurtmalarining birida dastlabki ikki soat ichida 33 ta javob olgan. Oradan ikki kun oʻtib ham javoblar kelayotgandi. Bu vaqtga kelib, ijrochi allaqachon topilgan edi, u allaqachon barcha ishlarni tugatgan edi. Ikki kundan soʻng yozadigan odamning umidi nimada? Mijoz bunday urinishlarga javob bermaydi.

Buyurtmaga tez javob berish kerak. Buning uchun ikki narsa kerak bo’ladi.

Birinchisi – tayyor keyslar, portfolio, javoblar shablonidir. Materiallarni tayyorlashda vaqtni tejang. Buyurtmani ko’rdingizmi darhol javob bering.

Ikkinchisi – ko’plab maydonlarni qamrab olish uchun buyurtmalarni qidirishni avtomatlashtirish va faqat mos xabarlarni tutishdir. Internetdagi barcha saytlarni o’zingiz nazorat qilishga vaqt sarflamang. Bunday muammolarni hal qilish uchun sinalgan vositalar mavjud. Masalan, FreeSocial telegram boti – u yuzlab telegram kanallarini va 6 ta frilans birjani kuzatib boradi. Bunday xizmatlar to’g’ridan-to’g’ri messenjerga kerakli buyurtmalarni reklama va rezyumelarni  olib tashlab yuboradi va eng muhimi: buyurtmani joylashtirilgan vaqtni o’zida ko’rasiz. Iloji boricha tezroq javob bera olishingiz uchun sizga push-bildirishnoma keladi.

2. Mijozning muhitiga kirishga harakat qiling

Dastlab e’lonni o’rganing. Agar ba’zi tafsilotlarni google orqali izlash kerak bo’lsa izlaning. Agar ma’lumot buyurtmada keltirilgan bo’lsa mijoz har bir potentsial ijrochiga tushuntirish uchun vaqtni yo’qotmaydi.

Qo’shimcha savollar berish diqqat bilan buyurtmani ko’rib chiqmaganingizni anglatadi. Demak, siz o’z vazifangizni shunday bajarasiz. Aksincha, agar ijrochi mijozning tilida gapirsa, u holda darhol ijobiy taassurot paydo bo’ladi.

3. Tegishli ishlarni yuboring

Portfolioingizdagi barcha ishlar bilan mijozni ortiqcha o’ylantirishga hojat yo’q. Mijozning har bir nomzodni batafsil oʻrganishga vaqti yoʻq. Iloji boricha buyurtmaga to’g’ri keladigan ishlarni tanlang. Agar tegishli keyslar bo’lmasa, unda eng qiziqarli ikkita yoki uchtasini tanlang. Portfoliodagi to’liq keyslarga havolalar bering, agar mijozning istagi bo’lsa u ko’rib chiqadi. Asosiy eʼtiborni tegishli keyslarga yoʻnaltirilish kerak.

Agar messenjerda mijozga murojaat qilsangiz, cheksiz ma’lumotlarga ega PDF fayllar, rasmlar emas balki portfolioga havola yuboring. Ko’p sonli fayllar va rasmlar tufayli mijoz bilan aloqa yo’qoladi.

4. Buyurtmaga muvofiq javob yozing

Javob uchun tayyor na’munaga ega bo’lsangizda, javob berish qismi har doim noyob qismni o’z ichiga olishi kerak. Javobni vazifa asosida berishga xarkat qiling.

Har qanday mijoz bir xil ko’rinishdagi javobni ketma-ket barchaga yubormasligingizni, balki shaxsan unga yozilishini anglangan holda o’qib mamnun bo’ladi. Bu sizga raqobatchilarning fonida ajralib turishingizga va javobingiz qiymatli ekanligini anglatadi.

Javobda buyurtmada boʻlgan soʻzlardan foydalaning. Masalan: «Xayrli kun, mening ismim Arina, men sizga ………………….. vazifani bajarishda yordam berishga tayyorman «.

Buyurtma topshirig’ini o’rganib chiqganingizni bildiruvchi bir necha so’zlardan foydalaning.

Agar siz o’zingizning barcha ko’nikmalaringizni, barcha tajribangizni va turli xil holatlarni ro’yxatga olgan odatiy javobni yuborsangiz, mijozda darhol:

  • mening aniq vazifamda menga yordam beradigan odammi?
  • uning barcha mahorati bir xil shakllanganmi?
  • natijani olishim uchun zarur boʻlgan mahorati yetarlimi? degan savollar tug’iladi.

Mijozni shubhaga solma. Keraksiz ma’lumotlar bilan uni chalg’itimasdan vazifaga qat’iy rioya qilgan holda yozing

5. Narx va muddatlarni ko’rsating

Aniq bo’ling. Xaridor bu haqda so’ramasa ham, darhol narx va muddat haqida aytib o’ting. Bu har doim qaror qabul qilish uchun foydali bo’ladi. Aniqlik ham hurmatingizni oshiradi. Buyurtmachi buyurtmasini qachon, qancha pul evaziga va qanday sifatda qabul qilib olishi haqida ma’lumot taqdim eting. Agar mijoz buni osongina tasavvur qila olsa bu fikrni siz bilan bog’laydi va qarab turibsizki mijoz sizniki.

Narx buyurtma tafsilotlari va ba’zi funksiyalarga bog’liq bo’ladi. Buyurtma bajarish parametrlarni yozing. Asosiy variant X so’m, hashamatli – XX so’m, shoshilinch – XXX so’m va «Tanlang, aziz mijoz. Qaror qabul qilish o’zingizga bog’liq» degan xabar tuzing.

6. Savollarga zudlik bilan javob bering

Mijozlar xabarlarini kuzatib boring. Esingizda bo’lsin: potentsial ijrochilar ko’p,  har qanday sababga ko’ra buyurtmasiz qolib ketish mumkin. Qo’pol taxallus, fotosurat, tuzilmasiz portfolio, savollarga javob bermaslik mijozning rad etishiga sababdir.

Agar mijoz siz uchun muhim bo’lsa, uzilib qolmang, kiruvchilarga diqqat qiling. Mijoz kutmaydi, keyingi ijrochiga o’tadi.

7. Mijozga o’rgatmang

Qoida tariqasida, har qanday mijoz nimani xohlashini biladi, qanday xizmatni va qanday shaklda qabul qilib olishini aniq tushunadi.

O’z qarashlaringizni mijozga uqtirmang va u bilan bahslashishning hojati yo’q. Agar ushbu shaklda ish siz uchun qiziq bo’lmasa, boshqa potentsial mijoz bilan muloqot qilish uchun vaqt sarflash yaxshidir.

Amaliyotsiz bilim pulga arzimaydi. Ko’proq mashq qiling shunda portfolioni to’ldirish uchun keyslar bo’ladi!

Facebook
Telegram
Email

Shuningdek o'qing