Frilans – mehnat bandligining innovatsion shakli

Frilans tobora ommalashib borayotgani bilan tortishib bo‘lmaydigan faktdir. Frilanserlar atrofida masofadan turib bepul ishlash uchun platformalar paydo bo‘ldi, to‘lovni olishni osonlashtiradigan elektron hamyonlar va to‘lov tizimlari mashhurlikka erishdi, hisobot yuritish va mijozlarni topish xizmatlarini taklif qiladigan qo’shimcha xizmatlar butun ekotizimi shakllandi. Covid-19 pandemiyasi odamlarni odatdagi turmush tarzini olib borish imkoniyatisiz bu sohani rivojlantirishga hissa qo‘shdi. 2020-yilda frilans birjalari kuniga 550-800 ro‘yxatga olishgan bo‘lsa, lokdaun boshlanganidan so‘ng bu ko‘rstakich kuniga 900-1200 tagacha ko‘tarilib keskin o‘sishni qayd etdilar.

Frilans 2022: yangi reallik

Sodda, sifatli, tez – shuning uchun frilanser xizmatlariga talab ortib bormoqda. Ikki yil oldingi Payoneer tadqiqotiga ko‘ra, faqat AQShning o‘zida 2020-yilning ikkinchi choragida frilanserlar uchun ochiq ish e’lonlari soni 41 foizga oshganini aniqladi. Masalan, Hindistonda 2020-yilning ikkinchi choragida frilanserlar soni 46 foizga o’sdi. Shu bilan birga, ish beruvchilarning qariyb to‘rtdan uch qismi (73%) mustaqil ishchilar sonini ko‘paytirdi va deyarli yarmi (47%) kelajakda frilanser xizmatlariga murojaat qilmoqchi bo‘lgan.

Ishsizlik darajasi 2020-2021-yilda eng yuqori darajaga yetgan vaqtda Upwork platformasining ma’lumotlariga ko‘ra, bazadagi umumiy frilanser sonining 12 foizi aynan shu yilda o‘z faoliyatini boshlagan.

Oradan ikki yil vaqt o‘tib tadqiqotlar natijasiga ko‘ra har uchinchi frilanserning daromadi oshgani hamda ko’pchilik frilanserlarning soatbay ish haqqi 40 foizga ya’ni, 2020-yilda 21 AQSh dollari bo‘lgan bo‘lsa hozirgi kunda 28 AQSh dollarini tashkil etadi.

Daromad hajmi

Payoneer tomonidan 2000 ta frilanser o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Shimoliy Amerikalik mutaxassislar bir soat ish uchun o‘rtacha 44 AQSh dollar ishlab topishadi va eng ko‘p daromad olishadi. Undan keyin g‘arbiy Evropa frilanserlari soatiga 31 AQSh dollar, Janubiy Amerikada 24 AQSh dollar, Markaziy Amerika, Afrika, Osiyo, Markaziy va Sharqiy Evropada taxminan bir xil 22 AQSh dollarini tashkil etadi.  Ma’lum bo‘lishicha, eng mashxur sohalar ko‘p haq to‘lanmaydigan bo‘lib chiqdi.

Quyidagi grafiklarda mashxur soha yo‘nalishlari hamda ko‘proq pul to‘lanadigan sohalarni ko‘rish mumkin.

Buyurtmalar bilan murojaat qilingan frilanserlarning yoshi keskin o‘zgardi.
65 yoshdan oshgan frilanser xizmatlariga 39% talab kamaygan bo‘lsa, 18-24 yoshdagi frilanserlarga talab 15% ga oshdi. Talabning ijobiy dinamikasi
44 yoshgacha bo‘lgan ishchilar orasida kuzatildi. 25-34 yoshldagilarga 6% ko‘proq, 34-44 yoshlilarga 2% ko‘proq murojaat qilinadi. Ammo 45-54 yoshdagilarga 7%, 55-64 yosh guruhiga  8% kamroq murojaat qilishadi.

Yosh mutaxassislarga bo‘lgan talabning bunday keskin o‘sishi so‘nggi ikki yil ichida onlayn ta’lim bo’yicha ko‘plab takliflar paydo bo‘lganligi, onlayn kurslar ommalashganligi va masofaviy ta’limning obro‘si oshgani bilan izohlanadi. Udemy ta’lim platformasining ta’kidlashicha, 2020-yil fevralidan 2021-yil boshigacha platformada ro‘yxatdan o‘tish 425 foizga oshgan. Ikki yil ichida talabalar va yosh mutaxassislar yangi kasblarni egallashga, qo‘shimcha ko‘nikmalarga ega bo‘lishga, o‘z malakalarini oshirishga va bozorga juda ko‘p takliflar bilan kirishga muvaffaq bo‘lishdi. Ko‘proq moslashuvchan, aqlli va eng yangi ma’lumotlarga ega bo’lib, ular mijozlar ishonchini qozonishga muvaffaq bo‘lishdi.

Agar yosh guruhlarini mintaqalar bo‘yicha taqsimlanish bo‘yicha ko‘rib chiqilsa, unda 18-24 yoshdagi frilancerlarning aksariyati Afrika va Osiyoda ishlaydi (ushbu mintaqalardagi barcha frilanserlarning 23%). Butun dunyoda (Shimoliy Amerika, G’arbiy Evropa, Okeani orti, Markaziy Amerika) asosiy guruh 25-34 yoshdagi mutaxassislardir va frilanserlarning umumiy sonidan ular 31-47% ni tashkil qiladi. Faqatgina Janubiy Amerikada o‘rtacha 35-44 yoshdagilar ustunlikka ega bo‘lib frilanserlar umumiy sonining 33 % ni tashkil etadi. 

Shuni ta’kidlash kerakki, so’nggi ikki yil ichida frilansing sohasida ayollar soni ko‘paydi. Bosqichma-bosqich o‘sish kuzatilib, 2015-yilda 22%, 2017-yilda 23% ni tashkil etdi. 2019-yilda barcha frilanserlarning qariyb to’rtdan bir qismi (24%) ayollar edi va 2022 yilda ularning soni 29% gacha ko’tarildi. Buning sababi shundaki, ayollar inqirozdan ko’proq aziyat chekishgan. Ular erkaklarga qaraganda tez-tez ishdan bo’shatilgan. Ishga joylashish imkoniyatining pastligi ko’plab ayollarning e’tiborini erkin ishlashga qaratishiga yordam berdi.

Payoneer ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunga kelib frilanserlarning uchdan bir qismi ayollarga to‘g‘ri kelsa ham to‘lov masalasida erkaklarga nisbatan ko‘proq olishadi. Quyidagi grafikda ayollar va erkaklar orasidagi farqlarni ko‘rish mumkin.

Kichik noqulayliklarga qaramay, respondentlarning 83 foizi frilansingdan juda mamnun. Agar siz an’anaviy ishning shartlari va muammolariga nazar tashlasangiz, bu ko‘rsatkich frilans sohasi o‘zining g‘alabasini boshdan kechirayotganligini ko‘rsatadi. Frilans – buyruqlarsiz ishlash istagi bor, raqobatbardosh, o‘z ishining mutxassisi, mo‘may daromad olmoqchi bo’lganlarni ko‘payishda davom etishiga umid qilmoqda.

Facebook
Telegram
Email

Shuningdek o'qing