Frilans birjalar kimlarga mos keladi

Frilans birjalarda transkribatorlardan tortib ishlab chiquvchilargacha bo‘lgan turli soha vakillari ishlashlari mumkinligini anglab yetganmiz. Ammo kasb bo’yicha emas, balki hayotiy vaziyatlar bo’yicha ajratilsa, frilans birjalari ayniqsa quyidagi insonlarga mos keladi:

• Yangi boshlovchilar

Masofaviy kasbni endigina boshlayotganlar uchun ajoyib imkoniyat. Ko’pgina birjalarga kirish oson – hech qanday diplom yoki tajriba talab etilmaydi. Shu bilan birga, ilhom olish va frilansingda faol rivojlanishni xohlash uchun oddiy va qiziqarli vazifalar mavjud.

• Ish bilan birga olib borish istagida bo’lganlar

Agar sizning sevimli ishingiz bo’lsa, lekin o’zingizni masofaviy kasbda sinab ko’rmoqchi bo’lsangiz, birja sizga yangi tajriba beradi. Ehtimol, hatto pul ishlash imkoniyatini ham berar.

• Talabalar

Agar o’qishdan keyin imkoniyat bo’lsa-yu, lekin shaharning narigi tomoniga ishga borish uchun yetarli vaqt bo’lmasa, birja katta yordam beradi. Bu yerda siz o’qishdan keyin bir necha soat ichida bajarish uchun kichik vazifalarni tanlashingiz mumkin. Hatto darslar orasida ham biror narsa bajarish mumkin.

• Mijozlarni qidirishni istamaganlar

Agar siz allaqachon masofadan turib ishlayotgan bo‘lsangiz va ko’proq loyihalarni amalga oshirishni xohlasangiz, lekin mijozlarni qidirishga, ular bilan aloqa o’rnatishga vaqt sarflashni xohlamasangiz, birja aynan siz uchundir. Sizning mavzuingiz bo’yicha allaqachon to’plangan mijozlar mavjud.

• Qiziquvchilar uchun

Xo’sh, bu variant ham ishlaydi .. Agar birjalar sizni nimadir bilan qiziqtirayotgan bo’lsa va siz allaqachon masofadan turib ishlayotgan bo’lsangiz, unda xush kelibsiz!

Facebook
Telegram
Email

Shuningdek o'qing