Fiverr platformasidagi yangi foydalanuvchilarning asosiy savollari

Frilanser sifatida fiverrdan ro’yxatdan o’tib bo’lgach faoliyatni boshlashda tug’iladigan asosiy savollarga javoblar:

Fiverrdan mijozni qanday topish mumkin?

Sizning Gig ma’lum bir muammoni hal etishiga harakat qiling, masalan, «Men WordPressda veb-sayt yarataman» emas, balki «Restorandan ovqat yetkazib berish uchun veb-sayt yarataman». Aksariyat hollarda mijozlar sizni o’zlari topadilar.

Buyer Requests ro’yxatini ko’ring. More > Buyer Requests menyusida xaridorlar o’z so’rovlarini yozadilar va ularga o’z takliflaringizni yozing. Har kuni siz 10 ta ana shunday takliflar yuborishingiz mumkin.

Birinchi buyurtma va reytingni qanday olish mumkin?

Shaxsiy Gigning vizual komponentini ustida ishlab takomillashtiring. Platformadagi raqobatchilarni kuzating va Gigni boshqalarniki bilan bir xil bo’lmasligiga harakat qiling. Kelib tushayotgan so’rovlarga tezroq javob berish uchun ko’proq vaqtingizni onlayn o’tkazing. Mijoz sizdan mamnun qolishi uchun buyurtmani bajarish vaqtida 100% e‘tiboringizni ushbu jarayonga qarating va eng asosiysi ish xaqqingizni juda yuqori ham juda past ham qo’ymang.

Fiverrda buyurtmalarni qanday bajarish kerak?

Buyurtma sizga kelib tushishi bilan o’z ish qurollaringiz va mahoratingiz bilan boshlashingiz mumkin. Mijoz bilan bo’ladigan barcha yozishmalarni Fiverrning chatida amalga oshiring. Boshqa turli messengerlarda muloqot qilish tavsiya etilmaydi.

Qidiruvda Gig ko’rinmasa nima qilish kerak?

Biroz tahrirdan so’ng, Gig qidiruvda ko’rinmay qolsa, brinchi navbatda – uning holatini tekshirish bu yerda amalga oshiriladi. «Gig Status» bo’limida shaxsiy Gigingizni tanlang va uning holatini ko’ring. Agar u faol bo’lmasa qo’llab-quvvatlash xizmatiga yozing.

Facebook
Telegram
Email

Shuningdek o'qing