Boshlang’ich frilanserlarning 6 ta xatosi

Aksariyat frilanserlar bir xil xatolarga yo’l qo’yishadi. Mashhur muammolardan qanday saqlanish kerak.

1. O’z imkoniyatlarini yuqori baholash

Agar qabul qilingan buyurtmani qanday bajarish to’g’risida bilmasangiz, muloyimlik bilan rad etish haqida o’ylashingiz kerak. Agar muvaffaqiyatsizlikka uchrasangiz, qayta tiklash qiyin bo’lgan obro’ingiz bilan to’lov qilasiz. Yaxshisi, ariza yuborishdan oldin o’z imkoniyatlaringizni tahlil qiling va har bir ishni ketidan quvmang.

2. Haddan ziyod ishlash

Frilanserlar birinchi muammolarini muvaffaqiyatli bartaraf etib, mijozlar bazasini yig’ib olganidan so’ng boshlang’ich frilanserlar juda ko’p ishlay boshlaydilar. Natijada, bunday frilanserlar sog’liq muammolarini, asab buzilishini va o’z ko’nikmalarini rivojlantira olmasligi kutiladi.

3. Savdoxonlikning yetishmasligi

Frilansdagi ilk qadamlarda talab darajasida bo’lmagan ko’nikmalar bilan ham oddiy vazifalarni bajarsa bo’ladi. Agar siz o’z yo’nalishingizni tanlab o’z ustingizda ishlamasangiz oddiy vazifalar sizning turmush tarzingizdagi asosiy ishga aylanib qoladi. Ko’nikmalaringizni rivojlantirish uchun sifatli ta’lim beradigan muassasaga o’zingiz uchun yetarli darajada vaqt ajratib qatnash haqida o’ylab ko’ring.

4. Rejaning yo’qligi

Har doim qayerga ketayotganingiz va biror narsa noto’g’ri bo’lsa nima qilish kerakligi haqida tushuncha bo’lishi uchun harakat rejasini tuzing. Birinchidan, qancha pul ishlashni xohlayotganingizni, kuniga necha soat ishlashga tayyor ekanligingizni va mijozlarni jalb qilishda qanday usullardan foydalanishingizni tahmin qiling.

5. Moliya boshqaruvining mavjud emasligi

Frilansda yaxshi daromad topish uchun sizga qancha miqdorda pul kerakligi, qancha ishlab topayotganingiz va bu pullar qayerga ketayotaganini aniq tushunishingiz kerak. Aks holda, siz rejalashtirgan tushimdan ortiqroq daromad qilgan bo’lsangizda pulsiz qolib ketishingiz ehtimoli yuqori bo’lib qoladi.

6. Idorada ishlashdan to’liq bosh tortish

Ko’pgina frilanserlar yana ofisda ishlashlari kerak degan fikrdan qo’rqishadi. Agar siz o’zingiz uchun yangi maydonni egallashga qaror qilsangiz, unda ushbu yo’nalishda kompaniyada ishlash ortiqcha bo’lmaydi. Olti oy ichida tajribaga ega bo’lish va direktorning qat’iy rahbarligi ostida aksariyat vazifalarni qanday hal qilishni o’rganish yengillashadi va faqat keyin frilanserlik haqida o’ylang.

Facebook
Telegram
Email

Shuningdek o'qing