Boshlang’ich frilanserlar uchun 6 ta maslahat

Ushbu oddiy maslahatlar sizga frilanser sifatida ishlashni boshlashga, ish jarayonini tashkil etishga, vazifalarni sifatli bajarishga va o’zingizni ko’plab muammolardan himoya qilishingizga yordam beradi.

1. Kamroq va sifatli bajaring

Doimo muddatida va sifatli bajara oladigan darajadagi ish hajmini oling. Boshlanishiga kamroq daromadli buyurtmani bajarish o’zingizni mas’uliyatli ijrochi sifatida ko’rsatib kelajakda katta buyurtmalar olishga sabab bo’ladi.

2. Muddatlarni buzmang 

Agar hamma narsani oxirgi lahzaga qoldirish odatingiz bo’lsa, o’zingiz ustingizda ishlang va vaqtni to’g’ri taqsimlang. Obroʻingiz yoʻqolishiga muddatlarga rioya qilmaslikdan boshqa narsa katta zarar yetkazmaydi. Agar bu sodir bo’lsa, mijozni oldindan ogohlantiring va muammoni hal qilishga harakat qiling.

3. Oldindan to’lovni oling

Yoki ko’pchilik frilans birjalarda mavjud bo’lgan xavfsiz savdo orqali ishlang. Bu orqali siz o’zingizning ishingiz uchun to’lovni olishingizga amin bo’lasiz va nizolar yuzaga kelgan taqdirda siz har doim birja ma’muriyatidan yordam so’rashingiz mumkin.

4. Daromadingizni oshirish haqida o’ylang

Ishlab chiqilgan chizmangizda qolib ketmay o’z ustingizda ishlang va yangi qirralaringizni kashf eting. Daromadingizni ko’paytirish bo’yicha o’z ustingizda sinovlar o’tkazing. Shunday qilib qiziqarliroq takliflarni olish imkoniyati yaraladi.

5. Shubhali mijozlar bilan ishlamang

Agar muhokama vaqtida buyurtmachi murakkab mijozligini anglasangiz yaxshisi bu buyurtmadan voz kechib pul yo’qotgan yaxshiroq. Aks holda, muammolarni va son-sanoqsiz tahrirlarni hal qilish uchun ko’proq vaqt va asab sarflash xavfini tug’dirasiz.

6. Portfolio ustida ishlang Dolzarb portfolio qolgan raqobatchilar orasida ajralib turishni va siz nimaga qodirligingizni ko’rsatib turadi.  Qanday qilib portfolioni tartibli va ijobiy to’ldirish bo’yicha ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Facebook
Telegram
Email

Shuningdek o'qing