9 qadamda Fiverr platformasida ro‘yxatdan o‘tish

1. Ro‘yxatdan o‘tish uchun yuqori o‘ng burchakdagi Join (Qo‘shilish) tugmasini bosishingiz kerak

2. Ro‘yxatdan o‘tish oynasi paydo bo‘lgandan so‘ng, siz mavjud Facebook, Google, Apple hisoblari bilan tezkor ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin. Yoki quyidagi maydonga elektron pochta manzilingizni kiriting va Continue (Davom etish) tugmasini bosing.

3. Platformaga kirish uchun foydalanuvchi nomini tanlang va parol yarating va Join (Qoʻshilish) tugmasini bosing.

4. Akkauntingizni faollashtirish uchun platforma tomonidan elektron pochtangizga yuborilgan xabarni tasdiqlashingiz kerak.

5. Fiverr-da frilanser bo‘lish uchun siz hisobingizni sotuvchi maqomiga o‘tkazishingiz kerak. Buni amalga oshirish uchun akkauntingiz ustiga bosing va ochiladigan menyuda Become a Seller (Sotuvchi bo‘lish) ni tanlang.

6. Ochilgan sahifada Become a Seller (Sotuvchi bo’lish) tugmasini bosing.

7. Keyin tanishuv sahifasiga yo‘naltirilasiz, tanishib chiqqandan so‘ng  Continue (Davom etish) tugmasini bosishingiz kerak.

8. Keyin platforma familiya va ism, profil rasmi, biografiya kabi shaxsiy ma‘lumotlarni to‘ldirishni va tilni bilish darajasini tanlashni so‘raydi. Shuningdek kasbiy ko‘nikmalar (ta’lim, mutaxassislik, sertifikatlar va ko‘nikmalar), ijtimoiy tarmoqlarni ulash va tekshirish, qayta tiklash va tekshirish uchun telefon raqamlarini kiritishni so‘raydi.

9. Profil ro‘yxatdan o‘tgandan keyin quyidagi sahifani to‘ldirishingiz va xizmatlar ko‘rsatish uchun taklifingizni (Gig) joylashtirishingiz mumkin.

Facebook
Telegram
Email

Shuningdek o'qing