Upwork akkauntiga Payoneer hisob raqamini ulash

5 qadamda Upwork akkauntiga Payoneer hisob raqamini ulash

1. Keyin Payoneer akkauntimizni Upwork platformasi bilan bog‘lash uchun Upwork akkauntimizda Get Paid (To‘lov qabul qilish) menyusiga kiramiz va Add Method (Metodni qo‘shish) ni tanlaymiz.

2. Ochilgan sahifadagi ro‘yxatdan Payoneer to‘lov tizimini Set Up (sozlash) tugmasiga bosish orqali tanlaymiz.

3. Bizga Payoneer orqali akkaunt ochish taklif qilinadi. E’tibor bering Payoneer akkauntini Upwork orqali ham ochish mumkin va ro‘yxatdan o‘tish jarayoni bir xil. Bizda Payoneer akkaunti va unda hisob-raqami mavjudligi uchun Already have a Payoneer account? Click Here! (Payoneer akkauntingiz bormi? Bu yerga bosing!) tanlanadi.

4. Shunda bizni avtomatik tarzda Payoneer akkauntiga kirish uchun qo‘shimcha oyna ochiladi.

5. E-mail va parol kiritilgandan keyin Upwork platformasidagi akkauntimizga Payoneer muvaffaqiyatli ulangani to‘g‘risida ma’lumot olamiz.

Facebook
Telegram
Email

Shuningdek o'qing