10 qadamda Upwork platformasida ro‘yxatdan o‘tish

1. www.upwork.com saytiga kiramiz va yuqori o‘ng burchakdagi Sign up (Ro‘yxatdan o’tish) tugmasini bosamiz.

2. Keyin, Upwork ro‘yxatdan o‘tish maqsadini tanlashni taklif qiladi.

  • Find talent: frilanserlarni topish uchun mijoz sifatida;
  • Find work: loyihalarni izlayotgan frilanser sifatida.

Frilanser sifatida ro‘yxatdan o‘tishni tanlang va quyidagi Apply as a Freelancer (frilanser sifatida) tugmasini bosing

3. Keyin platforma sizdan ism va familiya, elektron pochta manzili, parol kabi shaxsiy maʼlumotlarni toʻldirishingizni va yashash mamlakatingizni tanlashingizni soʻraydi. Shuningdek, siz platformadan foydalanish shartlariga rozi bo‘lishingiz va Create my account (Akkaunt yaratish) tugmasini bosishingiz kerak.

4. Mavjud Google va Apple akkauntlari orqali tez ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati ham mavjud.

*Muhim! Haqiqiy ma’lumotlarni to‘ldirishingiz kerak, kelajakda birjada verifikatsiyadan o‘tish kerak bo‘ladi. Upwork shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qiladigan holatlar ham mavjud.

5. Ro‘yxatdan o‘tish formasini to‘ldirgandan so‘ng, Upwork akkauntingizni tasdiqlash uchun elektron pochta xabari yuboriladi. Akkauntni tasdiqlaganingizdan so‘ng, saytda tabrik xati ochiladi, Get started (Boshlash) tugmasini bosing.

6. Shundan so‘ng platforma bilan tanishish darajasini baholash va platformada qolish maqsadini aniqlash uchun uchta savoldan iborat kichik so‘rovnoma beriladi.

7. Anketani to‘ldirgandan so‘ng, siz o‘z rezyumeingizni platformaga yuklashingiz kerak. Buni uchta usulda amalga oshirish mumkin:

  • LinkedIn-dagi akkauntdan
  • Rezyume faylini yuklang
  • Rezyumeni qo’lda to’ldirish

8. Ma’lumotlarning to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish va anketani to‘ldirishni davom ettirish kerak:

  • tillar va bilim darajasini tanlash;
  • malakalarni belgilash;
  • biofrafiyani to‘ldirish;
  • mutaxassisligi;
  • to‘lov narxini belgilang (soatlik to‘lov);

*UpWork xizmati to‘lovi yangi mijoz bilan shartnoma imzolashda 20% ni tashkil qiladi. Mijozingizga 500 dollardan ortiq hisob-faktura yozganingizdan song, komissiya 10% ni tashkil qiladi.

9. So‘ng mamlakat, manzil, telefon raqami kabi shaxsiy ma’lumotlarni to‘ldirish va profil rasmini yuklash talab etiladi.

10. Profil yangi ma’lumotlar paydo bo‘lishi bilan tahrirlanishi va to‘ldirilishi mumkin.

Facebook
Telegram
Email

Shuningdek o'qing